Yaponiyaning Taisei kompaniyasi mamlakatda tobora avjiga chiqayotgan ishga mukkasidan ketish bilan bog‘liq korporativ kasallikning oldini olish yuzasidan innovatsion taklif ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, ishda juda kechgacha qolib ketgan xodimlarni maxsus uchar gadjet qo‘shiq kuylab ofisdan haydab yuboradi. Bu to‘g‘rida dron ishlab chiqaruvchi Taisei kompaniyasiga tayanib Terabayt.uz xabar bermoqda.
Ishlab chiqaruvchi taklif qilayotgan dron juda aqlli — misoli robot kabi. Undagi maxsus kameralar hamda navigatsiya-harakatlanish tizimi "bulutli" texnologiya orqali ma’lumotlarni qayta ishlash markazining ma’lumotlariga ko‘ra harakatlanadi. Dron buyurtma kelib tushgan idoraga tomon uchadi va u yerga borib uyga ketishga shoshmayotgan xodimlarni tantanali ravishda kuzatib qo‘yadi.
Darvoqe, xodimni uyiga kuzatish uchun robot-dron yaponlarning Auld Lang Syne musiqasidan foydalanadi. Bu qo‘shiqdan odatda yapon do‘konlari xaridorlarni do‘kon yopiladigan vaqt bo‘lganini xabardor qilish uchun foydalanishadi.
2018 yilning aprelidan boshlab bu dron xizmatlaridan foydalanish mumkin. Undan foydalanish uchun esa oyiga 443 dollar ish haqi to‘lash kerak bo‘ladi. Biroq, bu kabi xizmatdan foydalanishga biror kompaniya yoki korporatsiyaning jur’ati yetish-yetmasligi hozircha qorong‘u.
Bu dron o‘z-o‘zidan yaratilmagan. Gap shundaki, bir muddat avval yaponilyaik ayol jurnalistlardan biri tinimsiz 159 soat davomida ishlaydi va buning oqibatida vafot qiladi. Yaponiyada ish vaqtidan keyin qolib ishlash korporativ madaniyatning majburiy qismi hisoblanadi. Xodimlar shu orqali rahbariyatga ishga qanchalar sadoqatli ekanlkilari, ishni har narsadan, jumladan oila va do‘stlardan ham ustun qo‘yishlarini namoyish qiladilar. Natijada, ishdagi tushkunlik hisobiga so‘nggi yillarda uzoq umr ko‘radigan yaponlar orasida infarkt, insult xastaliklari soni oshib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)