07:05 / 20.12.2017
4 411

Xiaomi jahonni hayratga soluvchi noutbuk ishlab chiqarmoqda

Xiaomi jahonni hayratga soluvchi noutbuk ishlab chiqarmoqda
Bir muddat avval Microsoft kompaniyasi jamoatchilik e’tiboriga Windows 10 tizimida ishlaydigan bir nechta noutbuklarni taqdim qilgan edi. Ularning o‘ziga xosligi sifatida ARM-protsessorlarini aytish mumkin. Bir necha hafta avval esa ASUS NovaGo hamda HP Envy x2 ultrabuklari taqdim qilingan bo‘lib, ularning har ikkalasi flagman smartfonlar ega bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 835 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Bu mobil chip bir oz vaqt avval kompyuter operatsion tizimi bilan muvofiqlashtirildi. Uning kompyuterlarda tatbiq qilayotgani kutilmagan samaradorlikni keltirib chiqarmoqda, deb yozmoqda «Terabayt» nashri.

Microsoft kompaniyasining qayd etishicha, Windows 10 kompyuter operatsion tizimida hamda Snapdragon 835 chipi muvofiqligida ishlaydigan noutbuklarning kutilmagan bir jihati aniqlandi – ular to‘liq quvvat bilan bir sutka bemalol xizmat qila olishadi. Aksariyat hollarda o‘rtacha foydalanganda ular rekord natija ko‘rsatmoqda va 23 soat faoliyat ko‘rsatishmoqda. Bu esa mobil ARM-protsessorida faoliyat ko‘rsatadigan ultrabuklarni bir marta to‘liq quvvatlab 2-3 kun ishlatish imkonini beradi.

Kuni kecha Xiaomi kompaniyasining rasmiy vakili kompaniya Windows 10 operatsion tizimida ishlaydigan yangi noutbuk ishlab chiqarishi hamda u jahonning hayratda qoldirishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, uning platformasida Qualcomm kompaniyasining mobil ARM-protsessori o‘rnatiladi. Aniqrog‘i, uning Snapdragon 835 chipi bo‘lishi kutilmoqda. Shuni unutmaslik kerakki, kompaniya bu yangi ultrabukning hayratlanarli bo‘lishini Snapdragon 845 chipseti bilan bog‘lagan bo‘lishi ham mumkin.

Ma’lumki, Xiaomi kompaniyasining mazkur kutilmagan noutbuki parametrlaridan kelib chiqib, 12,5 dyuymli yoki 13,3 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Hozircha boshqa jihatlar ma’lum bo‘lmagan bo‘lsa ham, yangi laptopning barcha talqinlari USB Type-C portiga, metall korpus, routersiz 4G mobil aloqa tarmog‘ida foydalanish imkonini beruvchi LTE-modemga ega bo‘lishi e’lon qilingan.

Xiaomi kompaniyasining mobil ARM-protsessida ishlaydigan yangi noutbukining 2018 yilning birinchi yarim yilligida taqdim qilinishi kutilmoqda. Shuni inobatga olsak, uning yanvarda o‘tkaziladigan CES 2018 yoki fevralda bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 jahonning yirik elektronika ko‘rgazmalarida namoyish qilinishini taxmin qilish mumkin. Nima bo‘lganda ham, mazkur Xitoy kompaniyasi so‘nggi an’analarga ko‘ra, bu gal ham so‘zining ustidan chiqadi va dizayni, texnik o‘ziga xosliklari, uzoq vaqtga yetadigan akkumulyatori va juda arzon narxi bilan diqqatni tortadigan yangi devaysini taqdim qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi jahonni hayratga soluvchi noutbuk ishlab chiqarmoqda