07:29 / 23.12.2017
5 673

Android-smartfon egalari endi havodan pul qilishlari mumkin, Siz ham!

Android-smartfon egalari endi havodan pul qilishlari mumkin, Siz ham!
Google kompaniyasi doimo turli innovatsiya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ayniqsa, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishda unga yetadigani yo‘q. Google Play rahbariyati uzoq vaqtdan buyon Android smartfon foydalanuvchilariga havodan pul qilish imkonini beruvchi o‘yin va ilovalarni onlayn do‘konga qo‘yish yoki qo‘yish kerak emasligi xususida bosh qotirib kelishayotgan edi. Oxir-oqibat bu boshqotirma ijobiy tomonga hal bo‘ldi. Garchi, bunda ishlab chiqaruvchilarga ma’lum cheklovlar bo‘lsa ham, ilova va o‘yin foydalanuvchilari uchun yaxshi xabar bor.

Jumladan, endi ishlab chiqaruvchilar Google Play do‘konida o‘zida raqamli pul, ya’ni kriptovalyutani mayning qilishga hissa qo‘shuvchi dastur va o‘yinlarni qo‘yishlari mumkin. Buning hisobiga esa mazkur dastur va o‘yinlardan foydalanuvchi barcha Android-smartfon foydalanuvchilari havodan pul qilishlari mumkin. Ha! siz ana shunday ilovalardan shunchaki foydalansangiz bo‘ldi. To‘g‘ri, kunlik mablag‘ sizga kam bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq bir oyda yaxshigina pul yig‘ilib qoladi. Harqalay, endi o‘yin o‘ynash uchun muhim sabab bor. Hech bo‘lmasa, ilova xarid qilish va aloqa xizmatlari uchun xarajatlaringiz qoplanadi.

Google Play o‘rnatgan yangi qoidalarga ko‘ra, dastur ishlab chiqaruvchilari endi kriptovalyutani mayning qiluvchi ilovalarni qo‘yishlari kerak. Rasman taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bunday ilovalar soni hozir ham ko‘p. Onlayn resursdagi "Yordamchi" tizimi orqali ularni topish mumkin. Bunday ilovalarni va video o‘yinlarni yuklab olishning yagona sharti ular mobil aloqa vositasi egasidan smartfoni yoki planshetidan kriptovalyuta ishlashga roziligini olishlari kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, bunday dasturiy ta’minot foydalanuvchilari foydalanuvchilarni kriptovalyutani ishlab chiqarish jarayonida mobil qurilmalar katta yuklanish va vazifalarga yuz kelishi va protsessor, tezkor xotira hamda akkumulyator zo‘riqishi munosabati bilan, Android-qurilmalar barvaqt ishdan chiqishi mumkinligini ham eslatib o‘tishlari kerak bo‘ladi. Kriptovalyutani mayning qiladigan barcha ilovalar Google Play resursida moderatorlar tomonidan kuchli nazoratga olinadi va qoidalarga muvofiqligi tekshirib boriladi.

Google bu qarori bilan millionlab odamlarga hamda dastur ishlab chiqaruvchilarga onlayn pul ishlash imkonini yaratib berdi. Kimlardir allaqachon buning orqasidan pul ishlashga ulgurdi, boshqalar esa hali ham o‘ylab turishibdi.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android-smartfon egalari endi havodan pul qilishlari mumkin, Siz ham!