Doogee kompaniyasi joriy yilda sotuvga chiqqan ishonchli himoyalangan S30 va S60 smartfonlari ketidan 2018 yilda uchinchi - S50 "o‘lmas" smartfonini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya saytida shu haqida xabar berildi.
Doogee'ning mustahkam smartfonlaridan foydalanish tajribasiga ega kishilar yangi qurilmaning sotuvga chiqishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Yangi smartfon ekstremal sharoitlarda sayohat qilish va suratga olishni yaxshi ko‘ruvchilarni qiziqtirishi aniq.
Doogee'ning S-seriyali smartfonlari asosan tabiat qo‘ynida sayohat qilishni yoqtiradiganlarga mo‘ljallangan. Ushbu seriya qatoriga qo‘shiluvchi S50 smartfoni IP68 standarti talablariga muvofiq namlik, chang va yerga tushishdan himoyalanish tizimi tufayli favqulodda sharoitlarda foydalanishga ham to‘g‘ri keladi. U 1,5 metrgacha bo‘lgan suvda 24 soatgacha qolib ketsa ham, hech qanday asorati bilinmaydi. Bu esa sayohatsevarlar uchun ayni muddao.
Smartfonda kameralarning bo‘lishi betakror manzaralar va lavhalarni tarixga muhrlashga harakat qiluvchi sayyoh uchun o‘ta muhim. Doogee birinchi marta himoyalangan smartfonni to‘rt kamera bilan jihozlamoqda. Doogee S50'ning orqa panelida 16 va 13 Mp sensorli va fazaviy avtofokusli ikki kamera mavjud, old panelida - keng burchakli 16 va 8 Mp'li selfi kameralari. Kameralarning "Panorama", "Go‘zallik", "Professonal", "Tungi" kabi qator rejimlarni qo‘llab-quvvatlashi sayohat haqidagi xotiralarni saqlab qolishga harakat qiluvchi suratkashlarni xursand qilishi aniq.
Doogee S50 sayohatda qo‘l keluvchi ko‘plab navigatsion jihozlar bilan ta’minlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfonda GPS resiveri, raqamli kompas va giroskop mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot