Gadjet egasining aytishicha, u planshetdan 3 yilcha foydalanmagan. Yaqinda u qurilmani yoqishga qaror qilgan, biroq ekranda qurilma faolsizlashtirilgani haqida ma’lumot chiqqan. Foydalanuvchiga qurilmani 24735744 daqiqadan (47 yildan) keyin yoqib ko‘rish tavsiya qilingan.

Aniqlanishicha, qurilma uzoq vaqt ishlatilmagani sababli undagi barcha sozlamalar tashlab yuborilib, 1970 yil 1 yanvar sanasiga qaytib qolgan. Gadjet yoqilgandan keyin vaqtni tekshirib, ekranga xatolik haqida ma’lumot chiqargan.
Foydalanuvchi bu muammoni qanday hal qilishni bilmasligini aytgan. Izohlarda unga planshetni kompyuterga ulab, sanani o‘zgartirib ko‘rish tavsiya qilingan.
Manba: Kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar