Amerikaning Apple kompaniyasi jahon smartfonlar bozorida yetakchilikni saqlab kelmoqda, biroq 2017 yilning III choragida uning ulushi sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda «Counterpoint Research»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Kompaniya ekspertlari baholariga ko‘ra, Apple iyul-sentyabr oylarida smartfonlar sotuvlaridan tushgan global daromadning 60 foiziga ega bo‘lgan, o‘tgan yilning xuddi shu vaqtida esa bu ko‘rsatkichlar 86 foizni tashkil qilgan.
Tahlilchilar bozordagi ulushning pasayishini o‘tgan yili kompaniyaning eski modeldagi nisbatan arzon smartfonlarni sotgani bilan izohlamoqda. Bundan tashqari, Galaxy Note 8 yangi flagmanini taqdim etgan va segmentdagi global daromadning 26 foiziga ega bo‘lgan Samsung tomonidan raqobat ta’siri ham sezilgan.
Yetakchilar beshligidan, shuningdek, Xitoyning uch kompaniyasi - Huawei, Oppo va Vivo o‘rin olgan. Bu kompaniyalarning ulushi bozorda 5 foizdan oshmagan.
Apple aksiyalari chorshanba kuni 0,3 foizga arzonlashgani qayd etildi. Yil boshidan kompaniya kapitalizatsiyasi 47 foizga (875,75 milliard dollargacha) oshgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi