Bugungi kunda uyda o‘tirib, internet orqali o‘z yumushlarini osonlashtirayotgan insonlar talaygina. Asosan, internet orqali kiyim-kechaklar va hatto oziq-ovqat mahsulotlari ham buyurtma qilish mumkin. Bunday xizmat turi jahonda ancha ommalashib, odatiy holga aylanishga ulgurgan.
Ba’zan internet orqali buyurtma qilingan kiyimlar o‘z egasiga mos kelmasligi mumkin. Endi bunday muammoning oldi olinadi.
Internet orqali katta hajmdagi oldi-sotdi xizmatini taklif etuvchi Amerikaning «Amazon» kompaniyasi virtual ko‘zgu ixtiro qildi hamda ushbu kashfiyot uchun patent olishga ham ulgurdi.
Virtual ko‘zgu kiyim-kechaklarni buyurtma qilayotgan xaridor ustida qanday turishini aniqlab beradi. Ko‘zguda turli sharoitlarga mo‘ljallangan buyruqlar bor.
Masalan, buyurtma qilinadigan kiyimning ishda, do‘stlar bilan uchrashuvlarda, ko‘chada qay darajada ko‘rinishini baholashga imkon yaratadi.
Hozircha bunday virtual ko‘zgular qachon foydalanishga topshirilishi noma’lum.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas