16:21 / 20.01.2018
4 399

Norvegiya kelgusida barcha ichki reyslarda elektrosamolyotlardan foydalanmoqchi

Norvegiya kelgusida barcha ichki reyslarda elektrosamolyotlardan foydalanmoqchi
Norvegiyaning «Avinor» milliy aviakompaniyasi 2040 yilga qadar hozirgi samolyotlaridan to‘liq voz kechib, ichki va Skandinaviyaning boshqa mamlakatlarida parvozlarni amalga oshirishda elektr samolyotlardan foydalanish niyatida. Kompaniyaning ijrochi direktori Dag Falk-Petersenning aytishicha, Norvegiya ushbu qarori orqali elektr transporti sohasida yetakchiga aylanadi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

«Biz 1,5 soatgacha bo‘lgan parvozlarning barchasini mutlaq elektr energiyasida harakatlanadigan samolyotlarda amalga oshirish mumkin deb hisoblaymiz», — dedi Dag.

Uning ta’kidlashicha, bu kabi diapazon barcha ichki reyslar va Skandinaviya mamlakatlarining poytaxtlarigacha bo‘lgan masofa uchun yetarli.

Avvaliga aviakompaniya bioyoqilg‘i va gibrid dvigatelli texnologiyalarni sinab ko‘radi. Shuningdek, «Avinor» 19 yo‘lovchiga mo‘ljallangan kichik elektrosamolyotlardan foydalangan holda tijoriy reyslarni amalga oshirish uchun tender tashkillashtirmoqchi. Havo kemasining ilk parvozlari 2025 yilga mo‘ljallangan.

«Avinor» rahbari elektrosamolyotlardan foydalanish Norvegiyaning ekologik holatiga ijobiy ta’sir qiladi degan umidda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat hududidagi «parnik gaz»larining 2,4 foizi havo transportlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ekspertlarning fikricha, odam tashuvchi birinchi elektrosamolyotlarning paydo bo‘lishiga hali ancha vaqt bor. Hozirgi akkumulyatorlar yirik samolyotlarni havoga ko‘tarish quvvatiga ega emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Norvegiya kelgusida barcha ichki reyslarda elektrosamolyotlardan foydalanmoqchi