Skype Parijdagi teraktlar sabab Fransiyada qo‘ng‘iroqlarni bepul qildi

Parijda sodir etilgan turkum teraktlar sabab Skype servisi Fransiyada barcha mobil qo‘ng‘iroqlarni bepul qildi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Parijda bo‘lgan qo‘porovchilik tufayli biz odamlarga yordam berishni istaymiz. Ular yaqinlari, do‘stlari va hamkasblari bilan aloqada bo‘lishlarini xohladik. Shu bois Fransiyada ichki va xalqaro qo‘ng‘iroqlarni bepul qildik», — deyiladi ma’lumotda.
Bepul qo‘ng‘iroqlar bir necha so‘nggi kunlarda amal qiladi, deyiladi servis saytida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing