Noutbuk-kompyuter avlodlarining mobil, qulay varianti hisoblanadi. Unda video, foto montaj va og‘ir o‘yinlarni o‘ynashning ham o‘ziga xos xavfli va murakkab tomonlari bor. Qisqa qilib aytganda kompyuterda Siz foto, video montaj yoki og‘ir o‘yinlar bilan doimiy mashg‘ul bo‘lsangiz noutbukdan foydalanmaganingiz ma’qul.
Noutbuk sovutish tizimi zaifroq bo‘lganligi sababli (ayrim noutbuklarda o‘ta zaif masalan Lenova g50-30) video va operativ xotirani ko‘proq talab etadigan vazifalarni bajarganda tez qizib ketadi. Ayniqsa bu holat yozning issiq kunlarida xavfli hisoblanadi.
Noutbukingizni hech qason yumshoq buyumlar (divan, ko‘rpa va b.) ustida, chang joylarda ishlatmang. Bunday vaziyatda sovutish tizimiga shamol aylanishi yomonlashib, uning tezda buzilish ehtimoli oshadi. Chang esa uning kulleri parraklariga yopishib shamol berishini sekinlashtiradi.
Noutbukingizda ishlash jarayonida e’tiborliroq bo‘lganingiz ma’qul. Agar ishlab turganingizda uning kuleri(shamollatgich) doimiy ravshda shovqin bilan ishlayotgan bo‘lsa - demak u qizib ketmoqda. Bu vaziyat qanday hollarda yuz berishi mumkin.
1. Noutbukni yumshoq buyumning ustida ishlatganda.
2. Kulerlarini chang bosganda. Odatda noutbukni vaziyatga qarab (agar changli joyda ko‘p ishlatgan bo‘lsangiz undan ham tez muddatda) 1-2 yilda changlardan tozalatib, turish foydali hisoblanadi.
3. Noutbukingizga virus tushganda. Bunday vaziyatda virus operativ tizim faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib jarayonni sekinlashtiradi.
4. Operativ tizim uzoq vaqt qayta o‘rnatilmasligi natijasida.
5. Issiq kunlarda ham albatta shunday vaziyat kuzatiladi.
Biroq shu narsani ham inobatga olish kerakki, 2013 yillargacha ishlab chiqarilgan noutbuklarda kullerning shovqin bilan ishlashi oddiy hollardan biri xisoblanadi (agar protsessor AMD bo‘lsa yanada ko‘proq shovqin bilan ishlaydi).
Keyingi muhim maslahat yozning issiq kunlarida noutbukingizning tag kismiga o‘zingizga qulay bo‘lgan bumni qo‘yib, tagidan shamol aylanishini ta’minlasangiz energiya sarfi kamayib ishlash jarayoni ham yengillashadi.
Noutbukingizning klaviatura qismiga aslo sichqoncha, ruchka, qalam v.b. buyumlarni qo‘ymang. Ko‘pchilik holarda foydalanuvchilar mazkur buyumlarga e’tibor qilmasligi natijasida noutbukni yopib qo‘yishadi. Natijada noutbuk ekrani sinib, jiddiy moddiy zararga uchrashingiz mumkin.
Klaviaturasini aslo nam salfetka va shunga o‘xshash buyumlar bilan tozalamang. Sababi, birozgina namlangan buyumda artish ham klaviaturaning ishlamay qolishiga olib keladi. (Kimdir ancha yildan beri nam salfetkada artaman klaviaturamda muammo yo‘q degan hayolga borishi mumkin. 2014 yillardan boshlab ishlab chiqarilayotgan noutbuklar yengil, qulay bo‘lish maqsadida yupqalashib bormoqda. Shunga yarasha ularning klaviaturasi ham nozik ishlagangan).
Noutbukingizdan kofe, kola umuman har qanday turdagi ichimlarni uzoqroq tuting. Sababi ularing sachrashlari, to‘kilishi uning umuman ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin (amaliyotda ko‘p uchragan).
Ekran qismini tozalash masalasiga kelsak, albatta quruq salfetkada tozalash zarur. Maxsus suyuqlik (hozirda ekran tozalovchi maxsus suyukliklar mavjud)ni salfetkaga sepib tozalash mumkin. Biroq ekran chet qismlarini quyuq namlangan salfetka bilan tozalash tavsiya etilmaydi.
Noutbuk akkumulyatoridan foydalanish borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, noutbuk sotib olganingizda uni 10-12 soat atrofida zaryadnikka ulab quvvatlantiring. Quvvatlantirib bo‘lgach, ish jarayonida 100% bo‘lib quvvatlangan noutbukdan zaryadnikni olib toki, 7-8% qolguncha ishlating. Hech qachon 100% bo‘lib quvvatlangan noutbukda zaryadnikni qoldirmang. Aks holda notbukingizning akkumulyatori tez buzilishiga olib keladi.
Noutbukingizga AIDA dasturini o‘rnatib olish Siz uchun foydali hisoblanadi. Sababi, noutbukingizning barcha holatini mazkur dastur orqali kuzatib turish imkoniyati doimiy mavjud bo‘ladi.
Manba: xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi