Beeline O‘zbekiston abonentlarga Bilayn Rossiya SIM-kartalarini qulay tarif rejasi bilan taqdim etadi

Beeline O‘zbekiston abonentlarga Bilayn Rossiya SIM-kartalarini qulay tarif rejasi bilan taqdim etadi
Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha abonentlar uchun Beeline O‘zbekiston kompanisiyaning ofislarida muloqot uchun qulay bo‘lgan tarif rejasi yoqilgan Bilayn Rossiya SIM-kartalari bepul taqdim etiladi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “O‘zbekistondan tashqarida sayohat qilayotgan abonentlarimizning asosiy ehtiyojlaridan biri o‘z yaqinlari bilan odatiy hajmda aloqada bo‘lishdir va biz bunga katta ahamiyat bergan holda, Rossiya bo‘ylab sayohatlarda muloqot qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. Bilayn Rossiyadagi hamkasblarimiz bilan olib borilgan birgalikdagi ishlarimiz natijasida bu xizmat mavjud bo‘ldi”.

SIM-kartani Toshkent, Buxoro, Qarshi, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shahrlaridagi kompaniyaning shaxsiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislaridan olish mumkin. Ofislarning manzillari bilan batafsil kompaniya saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar