2015 yilda Beeline call-markazi 4 milliondan ziyod murojaatlarga javob berdi

Beeline Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining 2015 yilning yanvar oyidan oktyabr oyigacha bo‘lgan faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda.
Beeline call-markazining mutaxassislari tomonidan o‘n oy davomida to‘rt milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatildi. So‘rovlarning mavzusiga kelsak, eng ommabop murojaatlar to‘lov usullari, Internet paketlar va mobil Internet sozlamalari, qo‘shimcha xizmatlar, USSD-kodlar va tarif shartlari haqida bo‘ldi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari G‘ayrat Mahkamov shunday dedi: “Mutaxassislarimiz mujozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida innovasiyalarni joriy etish uchun doimiy ravishda ish olib bormoqdalar. O‘tgan yil natijalarini mazkur yildagi natijalar bilan solishtirsak, murojaatlar soni sezilarli darajada pasayganini kuzatish mumkin. Bu esa abonentlarning xizmatlar haqida xabardorligi, shuningdek Beeline xizmatlari ularga maqul kelishidan dalolat beradi”.
Eslatib o‘tamiz, 0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari www.0611.beeline.uz noyob chatdan, 0621 SMS-qo‘llab-quvvatlash xizmatidan, shuningdek +998901850055 raqami orqali Telegram massenjerida mutaxassis yordamidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, web-servislar orqali maslahat olish uchun 0611@beeline.uz elektron manziliga maktub yuborish, shuningdek quyidagi havola bo‘yicha https://mobile.beeline.uz/ru/main/help/faq.wbp kompaniya sayti orqali so‘rov jo‘natish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing