date

“Google” 2014 yilda eng ko‘p qidirilgan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi

“Google” 2014 yilda eng ko‘p qidirilgan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi

“Google” kompaniyasi 2014 yil natijalariga ko‘ra eng ko‘p qidirilgan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu loyiha uchun maxsus “Year in search” nomli sayt ham ochildi. Saytda ikki yirik bo‘lim mavjud bo‘lib, ulardan birida foydalanuvchilar oxirgi 12 oy ichidagi muhim voqealarni ko‘rish mumkin bo‘lsa, ikkinchisida barcha mashhur so‘rovlarni bo‘limlarga bo‘lingan holda ko‘rish mumkin.

“Google” bosh sahifadagi har bir mashhur voqea haqida kichik maqola tayyorlagan. Masalan, saytda Malayziyaning “Boeing” samolyoti yo‘qolishi voqealari ketma-ketlikda berilgan. “MH370” raqamli reysi 2014 yil davomida 200 million marotaba qidirilgan bo‘lsa, “MH370 topildi” so‘zi undan 14 marotaba ko‘proq qidirilgan.

“Google” Mettyu Makkonaxi va Idina Menzelning raqobatiga alohida e’tibor bergan. Ikki mashhur ham 2014 yilda katta yutuqlarga erishdi. Makkonaxi “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Menzel “Sovuq yurak” multfilmiga aytilgan saundtrek bilan mashhur bo‘ldi.

2014 yilning eng muhim voqealari Robin Uilyamsning vafot etgani, futbol bo‘yicha jahon chempionati hamda Ebola virusi bo‘ldi. Eng mashhur insonlar ro‘yxatida Jennifer Lourens birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Kim Kardashyan hamda Jyuli Gaye egalladi. Yilning eng mashhur gadjeti “iPhone 6”, keyingi o‘rinlarni “Samsung Galaxy S5” hamda “Nexus 6” smartfonlari egalladi.

Rossiyada eng mashhur insonlar nomiga Janna Friske hamda Yuliya Lipniskaya sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, yilning eng muhim voqeasi Sochida bo‘lib o‘tgan “Olimpiada-2014” o‘yinlari bo‘ldi. Shuningdek, 2014 yilda rossiyaliklar eng arzon kompyuterni qayerdan sotib olishni, tuxumni qanday qilib bo‘yash hamda “Golos” shousida tez-tez paydo bo‘lib turadigan Pelageya qanday qilib ozganligini ko‘proq qidirishgan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » “Google” 2014 yilda eng ko‘p qidirilgan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi