07:03 / 26.01.2018
6 355

Diqqat!!! «Ko‘k kit» yana «suzib chiqdi» yoxud internet tarmog‘ida yangi «o‘lim guruhlari» paydo bo‘ldi

Diqqat!!! «Ko‘k kit» yana «suzib chiqdi» yoxud internet tarmog‘ida yangi «o‘lim guruhlari» paydo bo‘ldi
Suiqasdga yetaklovchi o‘yinga o‘smirlar turli heshteglar orqali jalb qilinmoqda, deb xabar berdi «Xabar.uz».

Ekspertlar aniqlashicha, «yangi yo‘l» deb nomlanuvchi «o‘lim guruhlari» internetda «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va «Telegram» messenjerida paydo bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoq ma’murlari «o‘lim guruhlari» tomonidan qo‘yilayotgan heshteglarni muntazam o‘chirishiga qaramay, ularning o‘rniga yangilari paydo bo‘lmoqda.

Shu tarzda «yetakchilar» bolalarni xavfli o‘yinga jalb qilib, topshiriqlar beryapti. Dastlabki topiriqning mazmuni shundaki, ishtirokchi qandaydir shifrni aniqlash uchun profilidagi rasmni qora fondagi qizil pentagramma suratiga almashtirishi va o‘yinga yana besh nafar do‘stini jalb qilishi kerak. Keyingi bosqich topshirig‘i qanday bo‘lishi hozircha aniqmas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili tarmoqlarda «Ko‘k kit» nomi ostida xavfli o‘yin paydo bo‘lgandi. Unda «yetakchilar» bolalarni turli sinovlarga jalb qilishgan. O‘yinning oxiri bolaga o‘z joniga qasd qilish topshirig‘ini berish bilan tugagan. Rossiya va Qozog‘istonda bir qancha o‘smir ushbu o‘yin qurboni bo‘lgandi. Mamlakatimizda ham ushbu o‘yinga qo‘shilib qolgan yoshlar aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Diqqat!!! «Ko‘k kit» yana «suzib chiqdi» yoxud internet tarmog‘ida yangi «o‘lim guruhlari» paydo bo‘ldi