Dunyodagi milliarderlardan biri, ochiq jamiyat nazariyasi tarafdori, deb e’tirof etiladigan Jorj Soros Shvetsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumda Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Google qidiruv tizimining jamiyatga solayotgan ijtimoiy tahdidlari haqida ma’ruza qildi.
Jorj Soros o‘z ma’ruzasida, “Ular (Facebook va Google) ongli ravishda odamlarni o‘z xizmatlariga qaram qilib olmoqda. Bu ayniqsa, yoshlar uchun juda xavfli bo‘lishi mumkin. Mazkur internet platformalar va qimor o‘yinlari o‘rtasida o‘xshashliklar mavjud. Kazinolar odamlarning bor pulini, qolaversa, hali qo‘liga olmagan mablag‘ini ham shilib olishadi”, degan.
Mashhur filantrop, “Ayrim kompaniyalar konlarda va neft sohasida qazish ishlarini olib borish uchun jismoniy kuch sarflab daromad qilishadi. Bu kompaniyalar (Facebook va Google) esa ijtimoiy tarmoqlar orqali ijtimoiy muhitdan foydalanib daromad qilishmoqda. Bu juda xavflidir, chunki ular o‘z xatti-harakatlari bilan odamlarning o‘y-fikriga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jamiyatni halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan.
Uning fikriga ko‘ra, Facebook va Google “odamlar erkinligi ustidan monopoliya” o‘rnatib olishmoqda.
Jorj Soros ijtimoiy tarmoqlar odamlarni aql erkinligidan mahrum qilayotgani va odamlarning diqqat-etibori bir nechta kompaniya qo‘lida to‘planib qolayotganidan xavotir bildirgan.
Shuningdek, u monopoliyachi internet kompaniyalarni jamiyatni o‘zlarining zararli xatti-harakatidan himoya qilish xohishi yo‘qligida ayblagan. Aynan mana shunday xohishning yo‘qligi ularni tahdidga aylantirmoqda va nazorat qiluvchi organlar jamiyatni bu tahdidlardan himoya qilishga majbur bo‘lmoqda, degan fikrlarni bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi