22:40 / 27.01.2018
5 339

Germaniyada dorilarni inson tanasining zarur joyiga yetkazuvchi mini-robotlar yaratildi

Германияда дориларни инсон танасининг зарур жойига етказувчи мини-роботлар яратилди
Nemis olimlari dorilarni inson organizmining zarur joylariga yetkazuvchi mini-robotlar yaratishdi. Bu antiqa ixtiro haqida Spiegel online nashri xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Shtutgartdagi Maks Plank jamiyatining intellektual tizimlar instituti olimlarining ma’lum qilishicha, robot sudrala oladi, suzadi va hattoki sakray oladi. Hozirgi kunda bu robotlar bunday turdagi eng kichik o‘lchamlilari hisoblanadi. Bu mini-robotlarning o‘lchami bor-yo‘g‘i 4 mm ni tashkil qiladi, ular qog‘oz varag‘i kabi yassi va yumshoq, elastik polimerdan tayyorlangan, bu esa robotni boshqa kichik robotlarga nisbatan harakatchanroq qiladi. Bundan tashqari, qurilma ushlay oladi, ob’ektlarni kerak joylarga yetkazadi va qo‘yib yuboradi. Kelgusida bu texnologiya shifokorlarga dorilarni tananing shikastlangan qismlariga trubkalarsiz yetkazishga imkon beradi.

“Bu robotni minimal darajadagi invaziv aralashuvlarsiz qo‘llamoqchimiz. Bemor robotni yoki yutib yuborishi, yo u organizmga teridagi kichik teshik orqali kiritilishi va u tana ichida harakatlana olishi mumkin”, deb aytgan Metin Sitti.

Olimlar mini-robotlarni yaratishda meduzalar, qurtlar va qo‘ng‘izlar lichinkalaridan andoza olishgan. Qurilmaning polimer qatlamiga magnit zarralar o‘rnatilgan. Shu tariqa olimlar tashqi magnit maydoni yordamida ob’ekt shaklini o‘zgartira oladilar va uni boshqara oladilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Germaniyada dorilarni inson tanasining zarur joyiga yetkazuvchi mini-robotlar yaratildi