
Qozog‘istonning "KAYe" korxonasi tomonidan 2017 yilning oxirida O‘zbekiston Qurolli kuchlari ehtiyoji uchun tunda ko‘rish asboblarining dastlabki partiyasi yetkazib berildi. Bu haqda "Kazaxstan injiniring" kompaniyasi matbuot xizmati xabariga asoslanib Kun nashri ma’lum qildi.
Tarqatilgan xabarda ko‘rsatilishicha, zavod Toshkentda o‘tgan yilning sentyabrida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi” sanoat ko‘rgazmasida o‘zining elektron-optik mahsulotini namoyish etgan.
O‘zbekiston tomoni bu mahsulotga qiziqish bildirdi hamda ikki tomonlama kelishuv imzoladi. Qozog‘istonning tunda ko‘rish uskunalari sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. O‘zbek sheriklar eksport mahsuloti qatorining kengayishidan manfaatdorligi aytiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar