Bu Prezidentning 3.02.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan nazarda tutilgan. Uning matni ilovalarsiz O‘zAda e’lon qilingan.
O‘z hududida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bazasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
- bepul Wi-Fi hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar summasiga;
- uning uchun internet-trafikni sotib olish bo‘yicha xarajatlar summasiga.
Bundan tashqari, jamoat joylarida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik sub’ektlari bunday hududlarni tashkil etgan joylarda 18 kv.m.dan ortiq bo‘lmagan o‘lchamdagi reklama banneri yoki romlarini o‘rnatishlari mumkin. Buning uchun hokimlikning ruxsati talab etiladi.
Bu - muhim! Internet (Wi-Fi) tarmog‘iga ulanish tegishli sifatlarga javob berishi va foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda amalga oshirilishi lozim. Bunday identifikatsiya noyob identifikator (MAC-manzil) bo‘yicha amalga oshirilishining ehtimoli yuqori.
Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarida (Wi-Fi) taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Manba: norma.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar