«Facebook» asoschisi Mark Sukerbergning ma’lum qilishicha, kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi eng qiziqarli guruhlar uchun 10 million dollar qiymatidagi mablag‘ni grant sifatida ajratishga tayyor, deb xabar berdi Xabar nashri.
Ushbu mablag‘lar odatdagidek barcha g‘oliblar o‘rtasida taqsimlanadi. 100 dan ortiq guruhning har biri 50 ming dollardan, eng qiziqarli va omadli guruhlarning 5 tasi esa 1 million dollardan oladi.
«Bularning barchasi butun dunyoni va barcha foydalanuvchilarni birlashtirish uchun zarurdir va asosiy maqsad eng qiziqarli sohalarni rivojlantirishga yordam berish va milliardlab odamlarni turli jamoalarga va qiziqarli guruhlarga jalb etishdir», — deydi Sukerberg «Reuters» agentligiga bergan intervyusida.
Sukerbergning hamkasbi Jennifer Dalskining aytishicha, tanlovda barcha — yashash joyi va obunachilari sonidan qat’i nazar qatnashishi mumkin. G‘oliblarni mustaqil ekspertlar va «Facebook» kompaniyasining xodimlaridan iborat komissiya tanlab beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»