00:03 / 17.02.2018
4 442

Isroilda yuzni tanish tizimiga qarshi himoya algoritmi yaratildi

Isroilda yuzni tanish tizimiga qarshi himoya algoritmi yaratildi
Tel-Avivning «D-ID» startapi yuzni tanish tizimiga qarshi himoya algoritmini ishlab chiqdi, deb yozadi «Xabar».

Yuzni tanishga mo‘ljallangan zamonaviy algoritmlar, jumladan «Google», «Baidu», «Facebook» va boshqa kompaniyalarning shu turdagi texnologiyalari mustaqil ravishda alohida odamlarni topish, uni saralash hamda aniqlashga qodir. Isroil startapi esa unga qarshi tura oladigan algoritmni yaratdi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, tizim 90 foiz aniqlikda ishlamoqda.

Kompaniya asoschilariga bu turdagi dasturni yaratish g‘oyasi o‘n yil oldin kelgan. Ikki do‘st armiyadan ta’til olib, Janubiy Amerikaga yo‘l oladi. Safardan qaytishganidan so‘ng harbiy boshqarma yuzni taniydigan zamonaviy texnologiyalar va josuslik dasturlari paydo bo‘lgani sabab ularga suratlarni internetga joylashtirishni taqiqlab qo‘yadi. Shunda ikki do‘st yuqoridagi algoritmni yaratishni o‘ylab qo‘yishadi va ancha vaqt o‘tib, nihoyat o‘z kompaniyalariga asos solishadi.

«Ko‘plab kompaniyalar identifikatsiya tizimidan foydalanmoqda, shu tufayli maxfiylikni saqlash tobora qiyinlashmoqda. Aynan shu sabab biz o‘z algoritmimizni yaratdik, axir inson yuzi oddiy maxfiy so‘z emaski, uni tezda o‘zgartirib turish mumkin bo‘lsa», — deydi «D-ID» bosh direktori Gil Perri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Isroilda yuzni tanish tizimiga qarshi himoya algoritmi yaratildi