20:13 / 26.02.2018
6 868

Nokia'dan 4 ta telefon taqdimoti (foto)

Nokia'дан 4 та телефон тақдимоти (фото)
Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasida Nokia brendining Nokia 8 Sirocco flagmani va yana uch qurilmasi namoyish etildi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qiladi.

Nokia 8 Sirocco

Foto: bgr.com
Nokia brendi ostidagi telefonlarni ishlab chiqaruvchi HMD Global'ning yangilangan flagmani noyob tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Sirocco korpusi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan bo‘lib, u Gorilla Glass shishalari bilan ta’minlangan. Smartfon qalinligi - atigi 7 mm, yon tomonlari esa - 2 mm. Qurilma IP67 standartiga muvofiq namlikdan himoyalangan va u quloqchinlar uchun jack-o‘ymadan mahrum.

Telefon ko‘p jihatdan o‘tgan yilgi Nokia 8'ga o‘xshab ketadi. Sirocco'ga Qualcomm Snapdragon 835 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, u 6 Gb operativ va 128 Gb flesh-xotiraga ega. Smartfon sotuvga aprel oyi oxirida 749 yevro qiymatda chiqadi.

Nokia 7 Plus

Foto: techadvisor.co.uk
Android boshqaruvi ostidagi smartfon alyuminiydan ishlangan, uni ushlash qulay bo‘lishi uchun orqa tomonidan keramik bo‘yoq bilan qoplangan. Yon tomonlariga anodlangan alyuminiy bilan ishlov berilgan bo‘lib, bu korpusning ikki konstrast tusga kirishiga imkon beradi.

Nokia 7 Plus'ning old tomonida - 18:9 tomonlar nisbatiga ega 6 dyuymli ekran va selfi-kamera. ZEISS optikasi suratlarning yuqori sifatini ta’minlashi kerak. Shu bilan birga, maxsus dasturiy ta’minot ham suratlar sifatini oshiradi.

Smartfon sotuvlari aprel oyida boshlanadi. Uning narxi - 399 yevro.

Nokia 6

Foto: techweez.com
HMD Global yangi dizaynga ega va ba’zi xususiyatlari o‘zgartirilgan smartfonning xalqaro versiyasini namoyish qildi. Nokia 6 metall korpus, yuzdan taniy oluvchi ikki kamera va Snapdragon 630 protsessori bilan ta’minlangan. Shuningdek u simsiz zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi.

Telefon Android One dasturiga kirgan, shuning uchun Google'ning modifikatsiya qilinmagan operatsion tizimida ishlaydi va o‘z vaqtida dasturiy yangilanishlarga ega bo‘lib boradi. Uni aprel oyidan boshlab 279 yevroga xarid qilish mumin bo‘ladi.

Nokia 1

Foto: gsmarena.com
Ko‘rgazmadagi so‘nggi yangi qurilma — Android Go operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi eng birinchi qurilmalaridan biri hisoblangan Nokia 1 byudjet telefoni. Uning yorqin korpusi plastikdan ishlangan. Nokia 1 telefoni 1 Gb operativ va 8 Gb ichki xotiraga ega.

4,5-dyuymli ekran o‘lchamlari — 854 × 480 piksel. Nokia 1 qurilmasi 5 va 2 megapikselli orqa va old kameralar bilan jihozlangan. Sotuvlarga aprel oyida start beriladi, narxi - 89 yevro.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia'dan 4 ta telefon taqdimoti (foto)