23:41 / 08.03.2018
6 969

Odnoklassnikida inson yuzini tanish va fotosurat bo‘yicha izlash xizmati ishga tushirildi

Odnoklassnikida inson yuzini tanish va fotosurat bo‘yicha izlash xizmati ishga tushirildi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari o‘z tanishlarinining fotosuratlari orqali izlab topish va ustiga bir marta bosish orqali do‘stlarni qayd etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari inson fotosurati orqali avtomatik qayd etish xizmatidan foydalanmoqdalar. Mazkur xizmat kompyuterning ko‘rish zehni va neyrotarmoqlar negizida yuzni tanish texnologiyasi yordamida tashkil etilgan.

Yuzni tanish tizimi orqali foydalanuvchilar yaqinlari bilan o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashishlari uchun yanada kengroq imkoniyatlar yuzaga keladi, shuningdek birgina yuklangan fotosurat yordamida boshqa shahar va mamlakatlarda yashaydigan tanishlari yoki qarindoshlarini topa olishlari mumkin bo‘ladi.

Fotosurat albomga, izohlar yoki yangiliklar tasmasiga yuklanganidan so‘ng ijtimoiy tarmoq topilgan foydalanuvchilarni avtomatik qayd qilishni taklif etadi, shundan so‘ng fotosuratlar muallifi ularni tasdiqlashi yoki shaxsiy qaydlari bilan almashtirishi mumkin. Bunda fotosuratlarda qayd etilgan foydalanuvchilar lozim bo‘lsa qaydni bekor qilishlari yoki profil sozlamasidagi fotosuratlarda o‘zlarining qayd etilishlarini taqiqlashlari ham mumkin. Mazkur xizmat barcha qurilmalarda: ijtimoiy tarmoqning desktop va mobil naqllarida, iOS va Androiddagi OK ilovalarida ishlaydi.

Yuzni tanish texnologiyasini ishga tushirish maqsadida OK so‘nggi oylarda auditoriyaning ma’lum qismlarida mashinali ta’lim algoritmini sinovdan o‘tkazdi: foydalanuvchilarga tizim tomonidan topilgan ularning o‘zi va do‘stlarining fotosuratlarini tasdiqlash taklif qilindi. Texnologiyaning asosini NVidia GPU videokartalaridagi neyrotarmoqlar ishi tashkil etadi.

Sinovdan o‘tkazish davomida fotosuratlarning mualliflari o‘z yaqinlari bilan muloqot qilish uchun ko‘proq bahonalarga ega bo‘ldilar: fotosuratlarni qayd qilish istagida bo‘lgan foydalanuvchilar soni ikki barobar o‘sdi. Yaqin kunlarda fotosuratlari bo‘lgan, biroq ularda qayd etilmagan barcha OK foydalanuvchilari avtomatik qayd qilishni tasdiqlash taklifiga ega bo‘ladilar.

Neyrotarmoqlar va kompyuterning ko‘rish texnologiyasi foydalanuvchini soniyaning mingdan bir lahzalaridayoq taniydi va bunda yuzdagi barcha o‘zgarishlarga – misol uchun soqol, yangi turmak yoki ko‘zoynaklarning paydo bo‘lishiga ham juda barqarordir. Texnologiya yuzning yoritilganlik darajasi, masshtabi, burilishlar va boshning egilishiga qarab moslashadi.

Yangi xizmatning ishga tushirilishiga atab Odnoklassnikida fleshmob o‘tkaziladi. Foydalanuvchilar rossiyalik sportchilar, shou-biznes yulduzlari yoki ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntlariga ega mashhur blogerlar bilan birga tushgan fotosuratlarini yuklashlari va avatarcha uchun beyj olishlari yoki OKning pulli xizmatlariga obuna bo‘lishlari mumkin.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘idagi “Lenta” mahsuloti direktori:

– Yangi xizmat tufayli foydalanuvchilar o‘z yangiliklari tasmasida yanada ko‘proq izoh olishlari va yaqin insonlari bilan o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashishlari mumkin bo‘ladi. Fotosuratdagi qayd – bu muloqotni boshlash uchun ajoyib bahona: sinov natijalari bo‘yicha biz shunga amin bo‘ldikki, odamlar fotosuratlarda qayd etilganlaridan so‘ng muloqotga faolroq kirishar ekanlar. Bizning texnologiyalarimiz fotosuratlar yuzning qay darajada yoritilgani, odamning yoshi va soch turmagi o‘zgartirilgani, fotosuratdagi yuzlarning soni, qaysi burchakda turishi va boshning egilishidan qat’iy nazar to‘g‘ri aniqlab beradi. Xizmat do‘stlar bilan yanada faolroq muloqot qilish istagida bo‘lganlar uchungina emas, balki fotosuratlari sizning uy arxivingizda yoki do‘stlaringiz arxivida saqlanib qolgan insonlar bilan muloqotni qayta tiklash istagida bo‘lganlar uchun ham as qotadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassnikida inson yuzini tanish va fotosurat bo‘yicha izlash xizmati ishga tushirildi