Mazkur kurs bolalar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Tinglovchilar tanlovda qatnashadi, g‘oliblar esa San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan finalga boradi.
Shu yilning 18 mart kuni Toshkentdagi Inha universitetida “Curiosity Machine AI Family Challenge” sun’iy intellekti bo‘yicha bepul xalqaro kirish mashg‘uloti tashkil etiladi, deb xabar berdi “Xabar.uz”. Unda qatnashishga 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalari bilan taklif etiladi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart.
Kurs mavzusi: “Sun’iy intellekt nima va nima uchun uning rivojlanishidan qo‘rqish kerak”. O‘quv materiallari “Google” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
Kurs olti oyga mo‘ljallangan va to‘rt qo‘shma mashg‘ulotni o‘zi ichiga oladi, qolgani — masofaviy onlayn-ish. Kurs ishtirokchilar uchun butunlay bepul.
Birinchi mashg‘ulot Toshkentdagi Inha universitetida 18 mart kuni soat 12:00 dan 14:00gacha bo‘lib o‘tadi.
Kurs yakunida tanlov uchun har bir oila loyiha tayyorlaydi. Dunyo bo‘yicha eng yaxshi loyihalar mualliflari AQSHning San-Fransisko shahrida finalda yig‘iladilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi