14:25 / 15.03.2018
8 258

Xushxabar: UMS yana birdaniga ikkita yangi tarif chiqardi!

Xushxabar: UMS yana birdaniga ikkita yangi tarif chiqardi!
Bu yilgi bahor O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aloqa operatorlarining yangiliklariga boy bo‘ladigan ko‘rinadi. Xususan, Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi yaqinda – 7 mart kuni birvarakayiga ikkita yangi tarif chiqargan edi.

Joriy yil 13 mart kuni esa ushbu aloqa operatori yana ikkita yangi tarif rejasini joriy etgani haqida xabar berdi. Kompaniya saytida ularning nomlari «Asosiy» hamda «Standart» (ruscha bo‘limida – tegishlicha «Bazovыy» hamda «Standartnыy») tarzida ko‘rsatilgan.

Yangi «Asosiy» tarif rejasi faol tarzda ovozli muloqot qiluvchilar uchun juda qo‘l keladi. Unda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa, 200 SMS-xabar hamda 100 megabayt hajmida internet-trafik taqdim etiladi. Ushbu tarifda abonent to‘lovi oyiga 21000 so‘mga teng.

«Standart» tarif rejasi bo‘lsa abonentlarga ham ovozli muloqot – qo‘ng‘iroqlashish, ham SMS-xabar yozishish, ham internetdan foydalanish uchun qulay limitlar taqdim etadi. Bu tarif rejasida oyiga 25000 so‘m evaziga mijozlar O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa, 400 SMS-xabar hamda 400 megabayt hajmidagi internet-trafikka ega bo‘lishadi.

Yangi tarif rejalarining shartlari va boshqalar bo‘yicha batafsil ma’lumotni kompaniya saytidan olishingiz mumkin.

Darvoqe, UMS uyali aloqa operatori aynan joriy yilning bahorida ko‘pchilikka yoqimli yangiliklar bo‘lishiga va’da qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xushxabar: UMS yana birdaniga ikkita yangi tarif chiqardi!