Facebook kompaniyasi videoga pullik obunalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Foydalanuvchilar buning evaziga u yoki bu video muallifining eksklyuziv mahsulotiga kirish va uning obunachisi belgisini olishi mumkin, deb xabar beradi Kun nashri kompaniya matbuot xizmati xabariga tayanib.
Obuna oyiga 4,99 dollar turadi, deb xabar qildi Recode nashri manbalarga tayanmagan holda. Video muallifi bu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz Apple va Google’ga o‘z platformalarida tranzaksiyalar o‘tkazilgani uchun beriladi.
Recode’ning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq video mualliflari YouTube’ga o‘tib ketmasliklari uchun obunalarni tashkil qilmoqda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi funksiyani sinovdan o‘tkazish aprel oyi o‘rtalarida boshlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining cheklangan doirasiga taqdim etiladi, deya ma’lum qilishgan Facebook’dan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?