«Toyota Engineering Society» mutaxassislari «CUE» nomini olgan odamsimon robotni yaratdi. U koptokni basketbol savatchasiga professional o‘yinchilardan ham aniqroq tashlashga qodir, deb xabar berdi «Xabar» nashri.
Robotning bu kabi aniqlikda ishlashiga unga o‘rnatilgan sun’iy intellekt tizimi yordam beradi. Tizim unchalik uzoq bo‘lmagan masofadan koptokni savatga 100 foiz aniqlikda tushishini ta’minlaydi.
Qiziq jihati, «CUE» robotini 17 nafar mutaxassisdan iborat jamoa o‘zining bo‘sh vaqtida yaratgan. Bundan tashqari ushbu mutaxassislar robotlashgan tizim va sun’iy intellekt borasida umuman tajribaga ega emas. Ular ish jarayonida kerak bo‘ladigan barcha ma’lumotlarni turli onlayn-manbalardan olishgan va «CUE»ni deyarli noldan boshlab yig‘ishgan.
«CUE» bo‘yining balandligi 1,9 metrga teng, ammo u og‘ir platformaga o‘rnatilgani sabab biror-bir basketbol uchrashuvida qatnasha olmaydi.
«CUE» o‘rta masofadan basketbol savatchasiga koptoklarni 100 foiz aniqlikda tushira oladi, bu natija professional basketbolchilarning natijasidan ham yaxshiroq.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi