12 volt elektr energiyasidan 220 yoki 380 volt quvvat olish mumkinmi? Buning iloji yo‘q, deyishga shoshilmang. Ko‘p yillik ilmiy izlanishlar tufayli shunday natijaga erishdik. Keling, bu haqda kengroq to‘xtalsak.
Mana, 40 yildan ortiq vaqt o‘tibdiki, ayni shu masala meni izlanishga undaydi. Bu esa 11 ixtiroga, 3 monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda tezislarga muallif va hammuallif bo‘lishimga sabab bo‘ldi. Buning samarasi o‘laroq, yaqinda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasida ana shunday innovatsion ishlanma yaratildi.
Unga ko‘ra, quyosh nuridan foydalanib, 12 yoki 24 volt elektr energiyasi olinib, uning yordamida 12 volt quvvatda ishlaydigan yer qa’ridan biplanetar uzatmali nasos orqali suv olinadi-da, obihayot 7-8 metr balandlikda to‘nkarilgan konussimon sig‘imda kunduz kuni yig‘iladi. Tunda esa sig‘imdagi suvning oquvchanligidan foydalanib, biplanetar uzatmali mikroGESga yo‘naltiriladi hamda uning yordamida 220 yoki 380 volt elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng asosiysi, bu loyihada odatda ishlatiladigan akkumulyatordan foydalanilmaydi.
Xalqaro tashkilotlarning hisob-kitoblariga qaraganda, iqtisodiy taraqqiyot tufayli 2030 yilga borib, energetikaga bo‘lgan talab asrimiz boshidagiga nisbatan
50 foizdan ko‘proqqa o‘sib, umumiy ehtiyoj 23,27 milliard tonna shartli yoqilg‘ini tashkil etadi. Uni to‘liq ta’minlash muqobil energiya manbalaridan kengroq foydalanishni taqozo qiladi.
Yurtimiz hududiga tushadigan quyosh energiyasi hamda hosil bo‘ladigan nazariy quvvat miqdori 6 milliard 750 million shartli yoqilg‘iga teng ekanligi qayta tiklanuvchi resurslarining ushbu turidan foydalanish istiqbolli ekanligidan dalolat beradi. Bizning innovatsion ishlanmamiz aynan quyosh energiyasidan foydalanishga mo‘ljallanganining boisi shunda. Qolaversa, uni amaliyotga tatbiq etish uchun katta yer maydoni shart emas. Vaholonki, quyosh energiyasida ishlaydigan ulkan ob’ektlarni qurish uchun muayyan yer maydonlari talab qilinadi. Chunki 1 MVt elektr energiyasi hosil qilish uchun bir gektar maydonga, 100 MVt quvvat uchun esa 100 gektar yerga quyosh qurilmalarini o‘rnatish zarur bo‘ladi.
Shartli ravishda “Quyoshdan — suvbuloq” deb nomlangan majmua juda sodda bo‘lib, fotoelektrik generator, unga quyosh nuri tik tushishini avtomatik tarzda ta’minlaydigan harakatlantiruvchi bo‘g‘in, universal biplanetar uzatmali mexanizm (UBPM) va uni harakatlantiruvchi elektrodvigatel, UBPMdan harakatlanib, yer qa’ridan suv chiqarish imkonini beruvchi nasos, suv saqlaydigan konussimon sig‘im, elektr toki ishlab chiquvchi generator, shuningdek, tayanch, quvur hamda shlanglardan tashkil topgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday qurilmani ishlab chiqarish tannarxi 20 — 40 million so‘m atrofida bo‘ladi va sarflangan mablag‘ atigi ikki yilda qoplanadi.
Innovatsion ishlanmaning afzalligi shundaki, uning yordamida olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholi xonadonlarini elektr energiyasidan tashqari, toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish orqali dehqonchilikni rivojlantirishda qo‘l keladi. Yana bir muhim jihati, elektr energiyasi hosil qilish uchun ishlatilayotgan tabiiy resurslarni tejash, atrof-muhitni ulardan chiqayotgan zaharli gazlardan xalos etish imkonini beradi. Zero, mashhur sayyoh va yozuvchi Tur Xeyerdal aytganidek, achchiq va zaharli dud-chiqindilarni chiqarib yuborish uchun sayyoramiz mo‘risining yo‘qligi uning tabiiy qazilma boyliklari bitmas-tuganmas emasligini yodga soladi.
Abdinazar NURMATOV,
texnika fanlari nomzodi.
texnika fanlari nomzodi.
Manba: xs.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin