Olimlar yaratgan Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi’dan 100 barobar kuchli bo‘ladi

Olimlar 4 yildan buyon ish olib borayotgan Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi muqobili bo‘lishi mumkin. Yangi texnologiya tezlik borasida Wi-Fi’dan 100 marta kuchliroq bo‘ladi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Li-Fi ma’lumotlarni LED-svetodiodlar orqali yuboradi. Ular nanosoniya tezligida o‘chib-yongani sababli inson ko‘ziga ko‘rinmaydi.
2011 yilda olimlar 557 Gb/s tezlikka erishgan edi. Biroq kerakli qurilmalarsiz uy sharoitida Li-Fi 1 Gb/s tezlikka chiqadi, xolos.
Shuningdek, yangi texnologiya ma’lumotlarni devor orasidan ham o‘tkaza oladi. Kelajakda LED-svetodiodlaridan foydalanish orqali Li-Fi ikki vazifa: xonani yoritish hamda qurilmalar “aloqa”sini ta’minlab berishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing