Toshkentda quriladigan biznes-aviatsiya aeroporti uchun 140 mln dollar ajratiladi

Toshkent shahrida biznes-aviatsiya aeroporti qurilishiga 140 million dollar yo‘naltiriladi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
2018—2020 yillarda soatiga 250 kishiga xizmat qiladigan yo‘lovchi terminali quriladi, uchish-qo‘nish maydoni ta’mirlanadi, parvozlar radiotexnik ta’minoti va aerodrom faoliyati uchun zarur xizmatlar ishga tushiriladi.
Bu ishlarning qiymati 140 million dollar baholanmoqda. Moliyalashtirish xorijiy moliya institutlari kreditlari va loyiha buyurtmachisi — «O‘zbekiston temir yo‘llari» mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
Keyinchalik aeroportda qo‘shimcha bino va inshootlar, jumladan, mehmonxona quriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Toshkent-Sharqiy aerodromi» va «Toshkent mexanika zavodi» (sobiq TAPOiCh) hududining bir qismi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga berilgani bildirilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!2018—2020 yillarda soatiga 250 kishiga xizmat qiladigan yo‘lovchi terminali quriladi, uchish-qo‘nish maydoni ta’mirlanadi, parvozlar radiotexnik ta’minoti va aerodrom faoliyati uchun zarur xizmatlar ishga tushiriladi.
Bu ishlarning qiymati 140 million dollar baholanmoqda. Moliyalashtirish xorijiy moliya institutlari kreditlari va loyiha buyurtmachisi — «O‘zbekiston temir yo‘llari» mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
Keyinchalik aeroportda qo‘shimcha bino va inshootlar, jumladan, mehmonxona quriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Toshkent-Sharqiy aerodromi» va «Toshkent mexanika zavodi» (sobiq TAPOiCh) hududining bir qismi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga berilgani bildirilgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…