Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘z «Telegram-bot»ini (@iibb_bot) ishga tushirdi. Uning yordamida fuqarolar boshqarmaga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Bot o‘zbek va rus tillarida ishlaydi. Ishga tushirilganida u dastlab foydalanuvchidan telefon raqamini so‘raydi.
Foydalanuvchiga o‘zi yashaydigan yoki biror hodisa yuz bergan tumanni tanlashni taklif etadi. Dastur joyni avtomatik tarzda ko‘rsatishi uchun geoma’lumotlarni yuborish imkoniyati ham bor.
So‘ng Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, profilaktika inspektori, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati va ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari faoliyati sohasiga tegishli so‘rov, ariza yoki murojaatlarni yuborish mumkin. Audio, videoformatdagi fayllarni yoki fotosuratlarni ilova qilish imkoni ham bor.
Xabarni qabul qilgach, bot xabar olingani va ma’lumotlar bazasiga kiritilgani haqida javob yuboradi, murojaat ko‘rib chiqilgach, mobil telefonga SMS-xabar jo‘natiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti