Mail.ru Group holdingi 2017 yil mayida «Odnoklassniki» foydalanuvchilari uchun «OK soobщeniya» asosida «TamTam» messenjerini ishga tushirgandi. «OK soobщeniya» ishlatadiganlar yangilash tugmasini bosish orqali «TamTam» messenjerini o‘rnatishi mumkin qilib qo‘yildi.
Rossiyada Telegram bloklanishi ortidan internet nashrlar «TamTam» messenjeridagi sahifalarni rivojlantirishmoqda va o‘quvchilarini ushbu messenjerga jalb etishmoqda. Sud Telegram’ni bloklash haqida hukm chiqarishidan 2 kun o‘tib «TamTam» messenjeri foydalanuvchilari soni 10 baravar oshib, 40 mingdan ortiq kanal ochilgan.
Ushbu messenjerda «Odnoklassniki» bilan integratsiya saqlab qolingan, ammo yangi foydalanuvchilar bu saytda akkaunti bo‘lmagan holda, telefon raqami bilan yoki Google akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Hozirda «TamTam»da chat-guruhlar ochish, suratlar, ovozli xabarlar jo‘natish, kanallar ochish, shuningdek, GIF-animatsiyalar, musiqa, video va stikerlar almashish, videoxabarlar, ovozli qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar jo‘natish mumkin.
«Kun.uz» ushbu messenjerdan foydalanishni ma’qul ko‘radigan o‘quvchilari uchun yangi kanal ochdi. Endilikda sayt xabarlarini ushbu kanal orqali ham kuzatib borish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Moskva sudi «Roskomnadzor»ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di