5 287
Litsey o‘quvchisi soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladigan tejamkor avtomobil ixtiro qildi
Foto: «O'zLiDeP»
«O‘zLiDeP» Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent Turin politexnika universitetida «Yosh innovatsiyachi» ko‘rik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 10 ga yaqin yosh ixtirochilar o‘zlarining yangi g‘oya va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi.
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti akademik litseyining 2 bosqich o‘quvchisi Islom Alamov ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan yosh ixtirochilardan biri. U o‘z taqdimotida yaqinda yaratgan «Lotos 7» avtomobilini namoyish etdi.
– VAZ 2103 vorisi sifatida yaratilgan ushbu mashina soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladi, eng muhimi, 100 km masofaga 7 litr yoqilg‘i sarflaydi, – deydi yosh ixtirochi. – Shu bois mazkur loyiham tanlov qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi va hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. Kelgusida uni yanada takomillashtirib, poyga mashinasi sifatida foydalanish niyatim bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi