
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi hamda Boeing korporatsiyasi navbatdagi Boeing-787-8 Dreamliner yo‘lovchi samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Boeing matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi listing narxlari bo‘yicha samolyot 239 mln dollarga baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu qo‘shimcha samolyotni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning milliy aviatashuvchisi 2020 yilgacha o‘z parkida ushbu turdagi oltita samolyotga ega bo‘lishi xabar qilingandi. Joriy yilning may oyi o‘rtalarida yetkazib berilishi kutilayotgan uchinchi Dreamliner MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita Boeing-787-8 Dreamliner’dan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni oshiqligi - umumiy soni 270 (biznes klassda 24ta, iqtisod klassda 246ta) va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar