Keyingi paytlarda butun dunyo bo‘ylab kriptovalyuta turlari keng tarqalayotganidan xabaringiz bor. Jumladan, Telegram kompaniyasi ham o‘zining kripto-pulini chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Terbayt.uz sayti manbalarga tayanib yozishicha, endi Facebook kompaniyasi ham o‘z kriptovalyutasini yaratishga qaror qilgan ko‘rinadi. Kompaniya bu yo‘nalishni bir yilcha avval o‘rgana boshlagandi, bugungi kunga kelib esa mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi jamoani ham shakllantirgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘ndan ortiq mutaxassisni jamlagan ushbu jamoa blokcheyn texnologiyalarini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda. Unga Messenger ilovasi uchun mas’ul bo‘lgan vitse-prezident Devid Markus rahbarlik qilayotir.
Kriptovalyutani Facebook ijtimoiy tarmog‘i ichidagi to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llash uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Bunda Telegram’dagi singari ICO o‘tkazish (ya’ni, cheklangan miqdordagi tokenlarni ommaviy sotuvga chiqarish) ko‘zda tutilmagan.
Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Facebook o‘z kriptovalyutasini yo‘lga qo‘yishi uchun ham bir necha yil muddat kerak bo‘lishi mumkin. Ehtimol, buning uchun u blokcheyn bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni xarid qilishiga ham to‘g‘ri kelar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi