12:27 / 15.05.2018
10 253

F-22 vs Su-57. OAV AQSh va Rossiya qiruvchisini taqqosladi

F-22 vs Su-57. OAV AQSh va Rossiya qiruvchisini taqqosladi
The National Interest AQShning F-22 Raptor qiruvchisining Rossiyaga qarashli Su-57 bilan havo jangidagi imkoniyatlarini baholab chiqdi, deb ma’lum qiladi Kun nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Su-57 yangi dvigatellar bilan jihozlangach, «Raptor» uchun to‘laqonli raqobatchiga aylanadi. Ta’kidlanishicha, Rossiya qiruvchisi taxminan 15 000 kgs.lik tortish kuchiga ega bo‘lgan «Izdeliye 30» dvigateli bilan jihozlansa, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.

Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, F-22’ning eng asosiy ustun jihati - havoda payqash qiyin ekani - Su-57 bilan jangda hech qanday foyda keltirmasligi mumkin. Sababi Rossiya qiruvchilari yuqori chastotali raqamli xotira texnologiyasiga ega radioelektron bosib turish tizimiga ega, ular Amerika qiruvchisining faol radarlarini «ko‘r» qilib qo‘yishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq National Interest NATOni «qo‘rqitayotgan» qiruvchi haqida ma’lumot bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » F-22 vs Su-57. OAV AQSh va Rossiya qiruvchisini taqqosladi