15:23 / 15.05.2018
6 007

Aholiga quyosh batareyalarini o‘rnatish majburiyati qo‘yildi

Aholiga quyosh batareyalarini o‘rnatish majburiyati qo‘yildi
Kaliforniya aholisi o‘z uylarining tomiga quyosh batareyasini o‘rnatish majburiyatini oldi. Mazkur tashabbus 9 may kuni shtatning energetika komissiyasi tomonidan qabul qilingan, deb xabar beradi «Xabar.uz» nashri.

Yangi qoida shtat qonun chiqaruvchilarining tasdiqloviga muhtoj emas va 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

Eskpertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, endilikda Kaliforniyada yangi uyni qurish narxi taxminan 10 ming dollarga qimmatlashadi, biroq qo‘shimcha xarajatlar 10—12 yil ichida butunlay qoplanib ketadi. Quyosh batareyalarini yakka tartibda yoki ko‘p kvartirali uylarga umumiy qilib o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Ushbu qoida faqatgina atrofdagi qurilishga elektr energiyasini uzatishda muammoni yuzaga keltiruvchi binolar uchun istisno qiladi.

Mahalliy hukumat va ekologlar mazkur yangi qaror atmosferaga is gazining tarqalishini kamaytirishiga ishonmoqda. Bundan tashqari bu butun mamlakatni qayta tiklanuvchi energiya manbaidan foydalanishga o‘tkazishda muhim qadam hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, AQSh qayta tiklanuvchi energiyalar hisobiga o‘zini 80 foiz ta’minlay oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Aholiga quyosh batareyalarini o‘rnatish majburiyati qo‘yildi