date
views 4 227

AQSHdagi eng mashhur saytlar e’lon qilindi

AQSHdagi eng mashhur saytlar e’lon qilindi
Reddit ko‘ngilochar platformasi AQSHdagi eng mashhur saytlar ro‘yxatida Facebook ijtimoiy tarmog‘idan o‘tib ketdi. Bundan Amazon’ga tegishli bo‘lgan Alexa kompaniyasi tomonidan tuzilgan saytlar reytingidagi ma’lumotlar darak beryapti.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Facebook Reddit sababli to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Beshinchi o‘rinni Amazon egalladi. Foydalanuvchilar Reddit’da har kuni o‘rtacha 15 daqiqadan ko‘proq bo‘lishadi, Facebook’da esa - deyarli 11 daqiqa. Amazon undan ham past ko‘rsatkichni qayd etgan - yetti yarim daqiqa.

Birinchi ikki pog‘onani Google va unga tegishli bo‘lgan YouTube videoxostingi egalladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHdagi eng mashhur saytlar e’lon qilindi