19:00 / 09.06.2018
3 526

AQShning urush rejalari o‘g‘irlandimi?

AQShning urush rejalari o‘g‘irlandimi?
Foto: «Mir24.tv»
Xitoy hukumati xakerlari AQSh mulozimlarining kompyuterlaridan suvosti urushiga oid eng so‘nggi ma’lumolarni o‘g‘irlashdi. Bu haqda «Washington Post» nashri ma’lumotlariga tayanib «Xabar.uz» xabar bermoqda.

Shaxsi oshkor qilinmagan AQShlik bir mulozim xakerlar o‘g‘irlagan ma’lumotlar orasida supersonik raketa rejasi ham borligini ma’lum qildi.

Bu voqea shu yil yanvar-fevral oylarida bo‘lgan. AQSh qo‘shini va Federal qidiruv byurosi (FBI) voqea yuzasidan surishtiruv boshlab yuborgan.

«Washington Post» va «Reuters» vakillari Federal qidiruv byurosiga mavzuga doir ma’lumot olish uchun murojaat qilishganida, ular bu ma’lumotlarning o‘ta maxfiy ekanini aytishgan.

Xitoyning AQShdagi elchixonasi xodimlari xakerlarning bunday ish qilishgani haqidagi ma’lumotga ega emasligini aytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShning urush rejalari o‘g‘irlandimi?