21:18 / 09.06.2018
6 562

Telefon quvvati nima uchun tez tugaydi? Buning 7 ta sababi...

Telefon quvvati nima uchun tez tugaydi? Buning 7 ta sababi...
Odamning ko‘nglini xira qiladigan bir holat bor: zudlik bilan kimgadir qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak. Darhol telefoningizni qo‘lga olasiz va ko‘rasizki, quvvati atigi 2 foiz qolgan, xolos. Asabbuzarlik, sarosima, vahima. Quvvatlantirish mumkin bo‘lgan joyni qidirib qolasiz. Topa olsangiz, «mechkay» smartfoningizni quvvatlantirasiz. Aks holda…

Aytgancha, mobil telefoningiz tez-tez quvvat manbaiga biriktirasizmi? Quvvati tez tugaydimi? Bilasizmi, buning ma’lum sabablari bor.

Mutaxassislar nima uchun mobil qurilmasining quvvati tez tugashiga sabab bo‘luvchi 7 ta holatni keltirib o‘tishdi:

1. Siz o‘z telefoningizni doim 100 foiz qilib quvvatlantirasiz

Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, telefon batareykasidagi maksimal quvvati miqdori 30 foizdan 80 foizgacha. Yaxshisi, qurilmangizning quvvatini ana shunday miqdorda saqlash uchun kuniga bir necha marotaba manbaga ulang.

2. Siz telefoningizning «o‘lishi»ga sabab bo‘layapsiz
Doim akkumulyatorning eng past darajaga tushishi yaxshi emas. Qurilmani bunchalik «ekspluatatsiya» qilmang. Ekspertlarning aytishicha, akkumulyatorni faqat ikki oyda bir marta 0 foizga tushirib, o‘chib qolguncha ishlatish kerak. Bu profilaktika uchun ham zarur. Biroq bu doimiy bo‘lmasligi shart. Qaytaramiz ikki oyda faqat bir marta.

3. Siz akkumulyatorning qizishiga yo‘l qo‘yib beryapsiz
«iPhone» va boshqa qurilmalar ekstremal baland haroratni yaxshi ko‘rmaydi. Telefonni o‘ta sovuq (noldan past) va 35 darajadan yuqori haroratda ishlatmang. Qurilmani jazirama yoz issig‘ida deraza tokchasida, qahraton qish payti mashinadan qoldirmaslikka harakat qiling.

4. Sizga smartfonni masofadan turib quvvatlash yoqib qolgan ko‘rinadi
Va siz mobil qurilmangizni har kun shunday uslubda quvvatlantirayapsizmi? Bilsangiz, simsiz zaryadlash qurilmasi batareykani qizdirib yuboradi.

5. Siz quvvatlash chog‘ida smartfoningizning qizib ketishiga yo‘l qo‘yib berayapsiz chog‘i
Agar telefoningiz quvvatlash chog‘ida yumshoq ko‘rpachaning ustida bo‘lsa, tez qizib ketadi. Quvvatlantirish paytida qurilmani stol yoki tumba ustiga qo‘yishga harakat qiling.

6. «Zahira» telefoningiz doim quvvat bilan to‘yingan bo‘ladi
Ko‘pchilikda qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan «zahira» telefoni bor. Uning doim «to‘yingan» holda bo‘lishi — katta xato. Agar siz uni faol ishlatmasangiz, telefon quvvati 50 foizdan yuqori bo‘lib turishining o‘zi kifoya.

7. Begona qurilmalardan ham smartfonni quvvatlantirib turasiz
Muammo shundaki, ko‘pchilik qurilma uchun eng arzon qo‘shimcha shnur sotib oladi. Bilib oling, aksariyat akkumulyatorlarning asosiy «qotili» ham «begona» shnurlar bo‘ladi.

Manba: terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telefon quvvati nima uchun tez tugaydi? Buning 7 ta sababi...