00:30 / 10.06.2018
19 261

Yilning yurtimizdagi eng arzon yaxshi smartfonlari (2018 yil, iyun)

Yilning yurtimizdagi eng arzon yaxshi smartfonlari (2018 yil, iyun)
Smartfon bozorining hamyonbop vakillari har doim eng yaxshi sotiladigan «supermodellar» bo‘lib kelgan. Odatda bir yil avvalgi devayslar har jihatdan hozir ham aloqa qilish hamda hayotni qo‘shimcha funksiyalar bilan yanada qiziqarli qilish uchun beminnat xizmat qilgan.

Yurtimiz smartfon bozorida ham 100-150 AQSh dollarigacha bo‘lgan yaxshi smartfonlar ayni paytda ko‘payib qolgan. Quyida narxiga munosib ommabop smartfonlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

Meizu M6 — 8 yadroli "zotdor" hamyonbop"

Narxi:
Toshkentda Meizu M6 smartfoni 2018 yilning aprelidan boshlab sotilmoqda. Uning 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotiraga ega talqini bugungi kunda 970 ming so‘m, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotirali talqini esa 1 060 000 so‘mdan sotilmoqda.

O‘ziga xosligi:
tezkor ishlaydi;
barmoq izi skaneri bor;
pishiq va ishonchli plastik korpus;
xotira narxiga nisbatan yetarli;
puliga nisbatan sifatli kamera.

Kamchiliklari:
protsessor bir oz eski va ayrim "og‘ir" o‘yinlarni o‘ynab bo‘lmaydi;
akkumulyatorning uzoqqa yetishi o‘ziga yarasha — bir sutkaga yetmaydi;
Displey juda yorqin va rang uzatishi puliga munosib;

Barcha texnik jihatlar:
Meizu M6 smartfonining korpusi polikarbonatdan ishlangan. Unga 5,2 dyuymli hamda 1280×720 pikselli IPS-ekran, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 8 yadroli MediaTek MT6750 protsessori, 3070 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan. Smartfonda quvvatni tejash rejimi tatbiq qilingan.

Smartfon qadoqdayoq Android 7.0 Nougat operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Flyme OS6.0 talqinida ishlaydi. Telefon ikkita SIM-kartaga mo‘ljallangan. U LTE tarmoqlarida ishlay oladi.

LeEco/Coolpad Cool1 — pulini halollaydigan hamyonbop devays!

Narxi:
LeEco/Coolpad Cool1 smartfoni yurtimizda o‘rtacha 120-130 AQSh dollaridan sotiladi.

O‘ziga xosligi:

yirik va aniq-tiniq 5.5 dyuymli Full HD-displey;
ilg‘or protsessor;
sig‘imdor (4000 mA soat) akkumulyator;
yaxshi kameralar.

Kamchiligi:
qo‘shimcha xotira kartasi uchun bo‘lmacha yo‘q;
uzoq quvvat oladi - 100% quvvat uchun 2.5 soat kerak;

Ishlab chiqaruvchi deyarli inqiroz yoqasida, butlovchi qismlar deyarli tugab bo‘lgan.

Qisqacha texnik jihatlar:
2016 yilning avgust oyida taqdim qilingan bu smartfon 5.5 dyuymli Full HD displeyga, 8 yadroli (4x1.2 Ggs Cortex-A53 & 4x1.8 Ggs Cortex-A72) Qualcomm Snapdragon 652 protsessori va Adreno 510 video-kartasiga ega bo‘lgan. Devaysga 3/4 GB tezkor, 32/64 GB doimiy xotira mavjud. Bosh kamera 13 megapikselli 2 ta sensordan iborat. Old kamera sig‘imi 8 MP.

Xiaomi Redmi 4X — yirik akkumulyatorli eng yaxshi ixcham smartfon!

Narxi:
Redmi 4X (2/16 Gb) 1 020 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Yaxshi jihatlari:
ixcham ekran;
tezkor protsessor;
akkumulyatori uzoqqa yetadi;
kameralari yomon emas;
ovoz uzatishi yaxshi, quloqchinda ham.

Kamchiligi:
korpus materiali arzon xomashyodan (harqalay metall!)
orqa paneldagi plastik uloqlar dizaynni buzib turadi;
bu pulga yaxshiroq kamera qo‘yish mumkin edi;
narxni yanada arzonlashtirish fursati kelgan.

Batafsil texnik jihatlar:
Redmi 4X devaysi 5,5″ dyuymli FullHD ekranga, Qualcomm Snapdragon 625 (8 yadro, 2 GGs) chipi, Adreno 506 video-kartasi, 13 Mp (avtofokus, fotochaqnoq) bosh va 5 Mp old kameraga, 3/4 Gbayt tezkor va 32/64 Gbayt doimiy xotiraga, sig‘imi 4100 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga ega bo‘lgan.

2016 yil avgustida taqdim qilingan Redmi Note 4 ham yaxshi smartfon. Smartfon 5.5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 belgi) ekranli. Note 4 gadjeti 10 yadroli MediaTek Helio X20 chipsetida ishlaydi. Uning chastotka tezligi — 2,1 GGs. Redmi Note 4 ajraladigan 4100 mA soatli akkumulyator bilan ta’minlangan. 2 amperli zaryadnik 2 soat 20 daqiqa ichida “quvvat toshi”ni to‘liq quvvat bilan to‘ldiradi. Note 4’ning bosh kamerasi 13 Mp.

Xiaomi Redmi Note 5 (Redmi 5 Plus) — o‘rta imkoniyatli «xalq nomzodi»

Narxi:
O‘zbekistonda Redmi 5 Plus modelining yuqori talqini (4/64 gigabaytli) 1,726,000 so‘mdan; quyi talqini (3/32 gigabaytli) 1,456,000 so‘mdan sotilmoqda.

O‘ziga xos jihatlari:
hamyonbop smartfonlar orasida eng kuchli protsessorga ega bo‘lgan;
18:9 o‘lchamli zamonaviy displey yirik va yorqin;
akkumulyator uzoqqa yetadi;
kamera yaxshi;
ovoz uzatishi sifatli, quloqchinlarda ham;

Kamchiliklari:
bir qarashda iPhone X flagmanini eslatib yuboradi (bu yaxshidir, ehtimol);
NFC moduli yo‘q;
sifatli surat uchun yorug‘lik kerak.

Batafsil texnik jihatlar:
Dipley: 5.99 dyuym (2160 × 1080 pikselli) Full HD+ sig‘imli, 18:9 nisbatli, 2.5D shaklidagi himoya shishasi bilan qoplangan displey;
Protsessor: 2.0 Ggs tezligidagi 8 yadroli Snapdragon 625 hamda Adreno 506 video kartasi;
Tezkor xotira: 3Gb/4Gb;
Doimiy ichki xotira: 32/64Gb, microSD yordamida 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi 1,25 mkm pikselli va PDAF texnologiyasi, 2 tusli LED fotochaqnog‘iga ega;
Akkumulyator sig‘imi: 4000 mA soat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yilning yurtimizdagi eng arzon yaxshi smartfonlari (2018 yil, iyun)