07:30 / 23.06.2018
5 006

YouTube’dagi ommabop kanallar pulli bo‘ladi

YouTube’dagi ommabop kanallar pulli bo‘ladi
YouTube ommaviy kanallarga obuna bo‘lish uchun to‘lovni joriy qilishni ko‘zlamoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘zgarishlar 100 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlarga taalluqli bo‘ladi. «Obuna» o‘rniga ular fan-klub tuzishi mumkin bo‘ladi, unga a’zolik uchun foydalanuvchi oyiga 4,99 dollar to‘laydi. Bu pullar evaziga foydalanuvchi qo‘shimcha kontentga kirish, eksklyuziv jonli efir kabi kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, kanallar egalari ularning blogi mavzusi bilan bog‘liq mahsulotlar «peshtaxtasi»ni tuzishi mumkin. Shu tariqa videoblogerlar Instagram’dagi top-akkauntlar egalari kabi daromad olishi ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube’dagi ommabop kanallar pulli bo‘ladi