21:00 / 04.07.2018
5 397

Prezident qarori: O‘zbekistonda “blokcheyn” texnologiyalari joriy qilinadi

Prezident qarori: O‘zbekistonda “blokcheyn” texnologiyalari joriy qilinadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning galdagi muhim vazifalari sifatida —

Investitsion va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifaksiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasida turli faoliyatlarni, jumladan, mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komission yig‘imlar formatida mukofot olish imkoniyatini beruvchi yangi bloklar yaratish va taqsimlovchi platformani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat), smart kontraktlar (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish bo‘yicha huquq va majburiyatlar bitilgan elektron shartnoma), konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, tarqatish, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish) shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish;

Malakali kadrlarni tayyorlash;

Kriptovalyutalar va “blokcheyn” texnologiyalari soxasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik;

Ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olib, bu borada zarur huquqiy bazani yaratish nazarda tutilmoqda.

2021 yilning 1 yanvaridan boshlab “blokcheyn” texnologiyalari davlat xaridlari, davlat xizmatlari ko‘rsatish, shaxs haqidagi ma’lumotlar verifikatsiyasi uchun davlat organlari faoliyatiga joriy qilinadi.

Qarorga ko‘ra 2018 yilning 1 oktyabridan boshlab o‘rnatiladigan tartibga ko‘ra krito-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat, jumladan kripto-aktivlar bilan savdo qiluvchi kripto-birjalar yaratish litsenziyalanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Prezident qarori: O‘zbekistonda “blokcheyn” texnologiyalari joriy qilinadi