11:30 / 22.07.2018
4 775

Yangi Zelandiya ota-bola 3D-pentgen ixtiro qilishdi (video)

Yangi Zelandiya ota-bola 3D-pentgen ixtiro qilishdi (video)
Foto: «Mars Bioimaging»
Yangi Zelandiyaning «Mars Bioimaging» kompaniyasi yangi texnologiya — uch o‘lchamli rentgen (3D-pentgen)ni ishlab chiqdi, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri. Buning sharofati bilan ayrim hollarda jarrohlik aralashuviga hojat qolmaydi.

Kenterberi univertitetida (Kraysterch, Yangi Zelandiya) ishlovchi ota-bola Fil va Entoni Batlerlarning bu ixtirosi tibbiyot olamida inqilob yasashi mumkin deb hisoblanmoqda. Ular taqdim etgan 3D-pentgen nafaqat suyaklar, balki mushaklar, yog‘lar va suyuqliklarning rangli va hajmdor tasvirini olish imkonini beradi va shifokorlarning yumushini ancha osonlashtiradi.

Bundan tashqari, bu ixtiro kelgusida saraton hujayralari va miyadagi shikastlanishlarni aniqlashda ham qo‘l kelishi mumkin.

«MedipixZ chip» texnologiyasi algortimlari suyak kabi mustahkam yuzalar orasida ham turli materiallarni kuzatish imkonini beradi.

Qurilma hayotga tatbiq etilishi uchun hali qator sinovlardan va xalqaro tashkilotlarning imtihonidan o‘tishi kerak. Ayni paytda u xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha ichki sinovdan o‘tyapti.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi Zelandiya ota-bola 3D-pentgen ixtiro qilishdi (video)