“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida aloqa operatorlariga SMS orqali reklama tarqatishni man qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi, deb ma’lum qiladi Kun nashri.
Deyarli barchamiz qo‘l telefonlaridan foydalanamiz. Bunda har kim o‘z zaruriyatiga qarab aloqa uchun mablag‘ sarflaydi. Bu xizmatlar biz uchun bepul emas. Lekin keyingi paytlarda uyali aloqa operatorlari qo‘shimcha daromad uchun reklama ma’lumotlarini SMS orqali hech qanday qoidalarsiz tarqatish bilan shug‘ullanmoqdalar, deyiladi murojaatda.
“Shundoq ham ma’lumotlar oqimida yashayotganimizda bu keraksiz reklamalar endi ortiqcha. Gap ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan SMSlar haqida ketmayapti. Gap “falon raqamga telefon qil. Barcha tanishuvlar shu yerda” kabi buyruq tarzida yozilgan SMSlar to‘lib toshib yotibdi. Yoshi katta odamlar bu SMSlarning 80 foizini ham tushunmaydi. Ko‘pchilik buyruq tarzida bo‘lgani uchun yozilgan raqamlarga terib ham ko‘rishadi. Oqibati esa ma’lum - kontent provayderi abonentning pulini quritadi”, - deydi murojaat muallifi.
“Taklifimiz, mobil aloqa operatorlarining SMSlarini tartibga solish kerak. Uyali aloqa operatorlariga pullik xizmat ko‘rsatganda reklamani taqiqlash kerak yoki bir kunda tarqatiladigan reklama SMSlar limitini belgilab berish zarur.
Shuningdek, uyali aloqa kompaniyalari quyidagilarga qatiy amal qilishini belgilab qo‘yish zarur: SMS orqali reklama tarqatishni man qilish; abonentga keladigan reklama ko‘rinishidagi SMSlar sonini cheklash; reklama SMSlarning buyruq tarzida yozilishini man qilish; reklama SMSlarning birinchi so‘zini uning mazmuniga qarab, “Reklama:...”, yoki “Taklif:...” yoki “Ma’lumot:....” degan so‘zlar bilan boshlanishini majburiy qilish; reklama SMSlarini abonentlarning yoshini hisobga olgan holda yuborish.
Bu orqali abonentlarga har xil foydasiz va mazmunsiz reklamalar va axborotlar yetkazilishining oldi olinadi”, - deya yakunlanadi murojaat.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»