
Foto: “NTV.ru”
“Kalashnikov” konserni “Armiya-2018” forumida yangi AK-308 avtomatining tajribaviy namunasini taqdim etdi, deb yozadi Daryo.
Yangi avtomat AK-103 modeli asosida, NATOga a’zo mamlakatlarda standart hisoblanuvchi 7,62×51 millimetr patronga mos qilib yaratilgan. Yangi qurolning o‘qdoniga 20 ta patron ketadi. Uning og‘irligi 4,3 kg, stvolining uzunligi esa 415 millimetrga teng.
Ayni paytda yangi avtomatning dastlabki sinov ishlariga tayyorgarlik bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar