Rossiyaning qiyofani tanish sohasida dasturlar yaratish bilan shug'ullanuvchi NtechLab kompaniyasi FindFace Public Safety deb nomlanuvchi yangi texnologiya taqdimotini o'tkazdi. Tizimning xususiyati shundaki, u bir vaqtning o'zida yuz minglab kameralardan kelayotgan videotasvirlarni qayta ishlay oladi.
Tasvirda xavfsizlik xodimlarini qiziqtirayotgan qiyofalar paydo bo'lishi bilan tizim ularni bir lahzada aniqlaydi va xodimlarga tegishli xabar jo'natadi. Bu jinoyatlarni tezkorlik bilan aniqlashda juda qulaydir. FindFace Public Safety videokuzatuv arxivlaridagi yozuvlardan ham qiyofalarni izlay oladi.
NtechLab xodimlarining aytishlaricha, yangi texnologiya butun Rossiya bo'yicha yagona xavfsizlik va tezkor harakatlanish tizimini yaratish imkonini beradi. Undan odamlar ommaviy to'planadigan joylarda hamda kirish cheklangan maskanlarda foydalaniladi. Qayd etilishicha, FindFace Public Safety terrorchilik tahdidlarining oldini olishda va yirik tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni aniqlashda juda qulaydir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»