Kingstondagi (Kanada) Kuins universiteti olimlari guruhi silindr atrofida oʻralgan, egiluvchan displeyga ega antiqa planshetni yaratdi.
N+1ʻning yozishicha, MagicScroll deb nomlangan qurilma ikkita LG G Flex 2 smartfoni displeyidan yaratilgan 7,5 dyuymli ekran olgan. Ekranning bir cheti silindrik korpusga mahkamlangan, ikkinchisi esa korpusdan ajralib, planshetni oʻrogʻliq xatga oʻxshab yoyish imkonini beradi. Silindrik korpus ichida boshqaruv platasi va litiy-ion akkumulyatorlar, ekranni mahkamlash uchun magnit bor. Korpusning chetlarida kiritish va chiqarish uchun qoʻllash mumkin boʻlgan aylanuvchi regulyatorlar mavjud.
Planshet ixtirochilarining fikricha, koʻplab vazifalarni bajarishda qurilmani oʻrogʻliq holda qoʻllash mumkin, ekranni kattaroq hajmdagi maʼlumotni aks ettirish uchungina ochishga toʻgʻri keladi. Qurilma shuningdek imo-ishoralarni tanishni qoʻllab-quvvatlaydi.
YouTubeʻda joylashtirilgan videorolik orqali yangi planshet haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Taʼkidlash joizki, ushbu qurilma kanadaliklarning ilk shunday qurilmasi emas. Avvalroq ular golografik ekranga ega HoloFlex hamda ReFlex egiluvchan smartfonlarini taqdim qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»