Amerikaning "Palm" kompaniyasi 2010 yildan beri birinchi marta smartfonlar bozoriga qaytdi. Kompaniya ekran diagonali 3,3 dyuymli ixcham smartfon chiqardi.
Uning o‘lchamlari 2007 yili chiqarilgan ilk "iPhone"nikidan ham kichkina, shu bois, ba’zi tahlilchilar uni “xuddi kredit kartadek hajmda” deb ta’riflamoqda.
Displey kichkina ekanligiga qaramay, boshqa barcha jihatlari bo‘yicha u "Android 8.1" operatsion tizimida ishlaydigan odatdagi zamonaviy smartfon. Unga "Snapdragon" 435 protsessori, 3 gigabayt operativ xotira, 32 gigabaytli ichki xotira hamda 800 mAs quvvatli batareya o‘rnatilgan.
"Palm"ning bayonotiga ko‘ra, qurilma “kuni bo‘yi” ishlay oladi. Mabodo akkumulyatori “o‘tirib qolsa” ham, 31 daqiqada 50 foizgacha, 68 daqiqada 100 foizgacha quvvatlantirish mumkin. "Palm"ning old qismida frontal kameradan boshqa hech narsa bo‘lmasa-da, u yuzni tanish texnologiyasi orqali ekranni blokdan chiqarish imkonini taqdim etadi.
Kompaniya kichik displeyga yaxshi ko‘rinishi uchun "Android"ning interfeysini qayta ishlagan, shu bois, uning ekranida mobil dasturlar xuddi “belgilar buluti” kabi ko‘rinib, qaysidir ma’noda "watchOS"ning interfeysini ham eslatib yuboradi.
Vaziyatga qarab, ixcham "Palm" smartfonini fitnes-bilaguzuk yoki velokompyuter sifatida ishlatish mumkin. Kompaniya buning uchun 2018 yil noyabrida qo‘shimcha aksessuarlar chiqarishni rejalashtirgan.
"Palm" hozircha faqat AQSh da, "Verizon" mobil aloqa operatori orqali 349 dollardan sotiladi. Qurilmani boshqa mamlakatlarga ham chiqarish rejalari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»