O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasidagi yig‘ilishlar sho‘’balarga bo‘lingan holda davom etmoqda.
Mazkur forumning 2-sho‘’ba yig‘ilishi “Raqamli transformatsiya – O‘zbekiston va Rossiya uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Unda har ikki mamlakatning axborot va kommunikatsiya sohalari vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat boshqaruv tizimini raqamlashtirish singari masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.
— Bugungi kunda axborot kommunikatsiyalari tobora rivojlanib bormoqda, – deydi “Roskosmos” Davlat korporatsiyasining Qozog‘istondagi vakili Anatoliy Krasnikov. – Ma’lumki, Rossiya kosmik texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarishda katta tajribaga ega. Bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlik rivojlanayotgani quvonarli hol. Jumladan, O‘zbekiston uchun Rossiya va Qozog‘iston hamkorligida faoliyat ko‘rsatayotgan kosmikstansiyalar xizmatidan foydalanish imkoni mavjud. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston uchun axborot xavfsizligini ta’minlash, internet tezligini oshirish, teleeshittirishlar sifatini yanada yaxshilashda katta ahamiyatga ega. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»