Google hujjatlarni tez tayyorlash uchun .new domenlarini ishga tushirdi

Google hujjatlarni tez tayyorlash uchun .new domenlarini ishga tushirdi
Google hujjatlarni tez tayyorlash uchun .new domenlarini ishga tushirdi. Endi yangi hujjat tayyorlash uchun doc.new manziliga o‘tilsa kifoya.

Google hujjatlar”dan tashqarida Google’ning boshqa – “Jadvallar”, “Formalar”, “Taqdimotlar” va “Saytlar” kabi servislari uchun ham qisqa havolalar tayyorlangan.

Yangi matnli hujjat tayyorlash uchun – doc.new, docs.new, document.new;
Yangi jadvalli hujjat tayyorlash uchun – sheet.new, sheets.new, spreadsheet.new;
Yangi taqdimot (slaydlar) tayyorlash uchun – slide.new, slides.new, deck.new, presentation.new;
Sayt yaratish – site.new, sites.new, website.new.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar